Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

5 iyul sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

A A A
5 iyul sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

1 811 yil— Venesuela Ispaniyaning Janubiy Amerikadagi mustamlakalaridan birinchi bo‘lib o‘z mustaqilligini e’lon qilgan;

1841 yil— ingliz sayyohi Tomas Kuk dastlabki sayyohlik agentligini ochgan;

1881 yil —Misrdagi Luksor shahri yaqinida fir’avnlar Seti I, Amenxotep I, Tutmos III va Ramses II dafn etilgan noyob qabrlar topilgan;

1884 yil — Germaniya Togo ustidan protektorat e’lon qilgan;

1919 yil— irland millatchilari tashkiloti Shin Feyn qonundan tashqari deb e’lon qilingan;

1920 yil— Germaniyaning Shlezvig shtati Daniya nazorati ostiga o‘tgan;

1921 yil —Sovet Rossiyasida davlat korxonalarini xususiy shaxslarga ijaraga berishga ruxsat beruvchi farmon qabul qilingan;

1924 yil — Parijda sakkizinchi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan;

1940 yil — Shvesiya Germaniyaga askarlarni Norvegiyaga yetkazish uchun Shvesiya temir yo‘llaridan foydalanishga ruxsat bergan;

1940 yil — prezident Franklin Delano Ruzvelt AQShga yapon tovarlarini yetkazib berishga embargo joriy etgan;

1942 yil— bo‘lajak yozuvchi Yan Fleming Kanadadagi ayg‘oqchilar maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan;

1943 yil — Ikkinchi jahon urushida Kursk jangi boshlangan;

1954 yil — BBC'ning birinchi televizion yangiliklari uzatilgan. Boshlovchi Richard Beyker rekord o‘rnatgan: u 28 yil davomida (1954 yildan 1982 yilgacha) yangiliklarni o‘qigan;

1959 yil —Indoneziya Prezidenti Sukarno farmoni bilan 1945 yilgi Konstitusiya tiklangan, unga ko‘ra prezidentga katta vakolatlar berilgan. Shu bilan birga, Indoneziya Ta’sis majlisi tarqatib yuborilgan;

1962 yil —Jazoirning Fransiyadan mustaqilligi e’lon qilingan;

1971 yil —Qo‘shma Shtatlarda saylovda ovoz berish huquqi 18 yoshdan katta (ilgari 21 yoshdan kattalar) shaxslarga berilgan;

1975 yil —Kabo-Verde orollari mustaqilligi e’lon qilingan;

1978 yil — SSSR KGBsi SSSR Vazirlar Kengashiga bo‘ysunishdan ozod etilgan;

1994 yil —Xitoyda bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlangan;

1999 yil — Kuba AQShni 40 yillik iqtisodiy blokadadan ko‘rgan zarari uchun sudga bergan;

2006 yil — San-Fransisko hududida avtohalokat natijasida Tonga orol-davlatining shahzodasi va malikasi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 22:52 05.07.2021. O'qildi: 7507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!