Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

485 nafar direktorlikka nomzod “Menejerlik o‘quv kursi”da sertifikat ololmagan

485 nafar direktorlikka nomzod “Menejerlik o‘quv kursi”da sertifikat ololmagan

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Menejerlik o‘quv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar o‘qitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berilgan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirilgan. 5. 7 949 nafar stajyor-o‘qituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar o‘qituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etilgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ham atroflicha tilga olib o‘tilgan. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov ko‘rsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darajada tushganligi tanqid qilingan.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha ta’limga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi o‘quv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-o‘qituvchilarini o‘qitish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Kiritildi: 16:49 27.07.2024. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!