Isroil harbiy xizmatchisi Agam Berger G‘azo sektoridagi asirlikdan ozod qilinib, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillariga topshirildi. Uni qo‘yib yuborishdan oldin jangarilar unga asirlikda o‘tkazgan kunlarini eslatib turuvchi bir necha narsalar solingan paketni berishdi. Shundan so‘ng Berger Isroil maxsus xizmatlariga topshirildi. Bugun ertalab uni olib ketayotgan avtomobillar karvoni Isroil chegarasidan o‘tdi.
Bugun Berger bilan birga yana ikki nafar isroillik ham ozod qilindi: 29 yoshli Arbel Yegud va 80 yoshli Gadi Moshe Mozes. Shuningdek, 7-oktabr kuni o‘g‘irlab ketilgan besh nafar tailandlik fuqaroni ham yaqin soatlarda ozod qilish kutilmoqda. Ularning qutqarilishi Tailand hukumati va HAMAS guruhi o‘rtasidagi bevosita muzokaralar natijasida amalga oshdi.
Agam Berger 2023 yilning 7-oktabr kuni Nahal-Oz harbiy bazasida asirga olingan edi. U qamoqda bo‘lgan vaqtida boshqa asirlarning ham ruhiy holatiga g‘amxo‘rlik qilgan. Avvalroq ozod qilingan garovga olinganlardan biri – Agam Goldshteyn-Almog Bergerning ota-onasiga shunday degan edi: «Men hali ham u o‘rib bergan soch o‘rimlarini taqib yuribman».