2023 yil avgustida noyob astronomik hodisa ro‘y beradi: Oy bir oyda ikki marta – 1 va 31 avgustda to‘ladi va bu so‘nggi 42 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ladi, deb xabar beradi Kazinform.
Bunday holat 2000-2042 yillar oralig‘ida faqat bir marta sodir bo‘ladi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, ikkita to‘lin oy orasidagi vaqt oralig‘i 29,53 kun.
31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan superoy paytida yerliklar 2023 yildagi eng katta to‘lin oyni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Shu kuni oy perigeyga (Erdan minimal masofa) yaqinroq bo‘ladi.
Astronomlarning fikricha, to‘lin oy fazasining Oy orbitasining perigeyiga eng yaqin mos kelishi 2023 yil 31 avgustga to‘g‘ri keladi. Oy 30 avgust kuni soat 21:52 da o‘z orbitasi perigeliyasida bo‘ladi. To‘lin oy fazasi esa Astana vaqti bilan 07:37 da sodir bo‘ladi. Bu hodisalar orasidagi farq 9 soat 45 minut.