Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

+42. O‘zbekistonning 3 hududida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

+42. O‘zbekistonning 3 hududida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 (+42) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana  3 nafari  esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 801 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:04 06.06.2020. O'qildi: 6338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!