Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

4 yil! Buxoroda bog‘cha mudirasi jinoyat ustida qo‘lga olindi

A A A
4 yil! Buxoroda bog‘cha mudirasi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Buxoro tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pora olgan bog‘cha mudirasiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi raisi Nozimjon Jo‘rayev ma’lum qildi.

Holatga ko‘ra, 2019 yilning noyabr oyida fuqaro M.R tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga kirishni so‘rab, murojaat qiladi. Bog‘cha mudirasi M.J. qulay fursatni boy bermay, tashkilot yordamchi tarbiyachi vazifasida ishlovchi M.M. bilan o‘zaro kelishadi va u orqali fuqaro M.R.ga 300 AQSh dollari miqdorida pul keltirish talabini qo‘yadi.

Bir necha yildan buyon ish izlab yurgan M.R. esa ertasiga tashkilot yordamchi tarbiyachi vazifasida ishlovchi M.M. bilan uchrashadi. Biroq, ishga kirish uchun imkoniyati yetmaganligi bois, 300 dollar emas, 300 ming so‘m olib kelganini bildiradi. M.M. esa bog‘cha mudirasi bunga ko‘nmasligini, aks holda boshqa kishini ishga qabul qilishi mumkinligini, kelishilgan pulni to‘liq berganidan so‘nggina ishni boshlashini bildiradi. M.R. noiloj rozi bo‘lib, tashkilot binosidan chiqib ketadi va holat bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Buxoro tuman bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. 

Shu kuni oradan 4-5 soatlarcha, chamasi, vaqt o‘tgach, M.R. maxsus ishlov berilgan 300 AQSh dollar bilan Buxoro tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga keladi. Ushbu pullarni M.R. tashkilot yordamchi tarbiyachi vazifasida ishlovchi M.M.ga beradi. U M.J. ta’magirligi ortidan kelgan bu pullari xona markazidagi stol ostidagi tortmaga qo‘yib, M.R.ga ish boshlashi mumkinligini bildiradi. 

Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari tezkor xodimlari kirib, bog‘cha mudirasini pora ustida qo‘lga olgan.

Joriy yilning mart oyidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi hukmiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi M.J. Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilgan. Unga nisbatan shu modda bilan JKning 45-moddasi (Muayyan huquqdan mahrum qilish) hamda 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, JKning 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) asosida 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 17:25 18.05.2020. O'qildi: 5445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!