Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

4 iyulda Zelenskiy va Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni muhokama qiladi

A A A
4 iyulda Zelenskiy va Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni muhokama qiladi

Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, suhbat juma kuni, 4 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo muloqot sanasi va vaqti o‘zgarishi mumkin.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy suhbat chog‘ida kelajakda Ukrainaning Amerika qurollarini sotib olishi masalasini ham ko‘tarishi rejalashtirilgan. Oq Uy va Ukraina prezidenti ofisi nashrning suhbat yuzasidan yo‘llagan savollariga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyul kuni AQSh tomonidan Ukrainaga qurollar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berish to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi. Pentagon buni Eronga berilgan zarbalardan so‘ng AQSh o‘z ehtiyojlari uchun yetarli miqdorda o‘q-dori zaxirasiga ega ekaniga ishonch hosil qilmagani bilan izohladi.

Kiritildi: 20:15 03.07.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!