Luka Modrich kelasi mavsumda ham «Real»da qolishini kutmoqda.
39 yoshli yarimhimoyachi Madrid klubi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.
Xorvatiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Modrich bu mavsumda «Real» safida barcha turnirlar doirasida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golga assisentlik qildi.