Taxminan 3500 nafar dengizchi va dengiz piyodalarini olib ketayotgan Amerikaning USS Tripoli amfibiya hujum kemasi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) mas’uliyati hududiga yetib keldi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonlik o‘z bayonotida e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, America sinfidagi kema 31-dengiz ekspedision bo‘linmasi tarkibida faoliyat yurituvchi Tripoli amfibiya tayyorligi guruhining flagman kemasi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, USS Tripoli transport va hujum samolyotlarini, shuningdek, amfibiya hujum va boshqa taktik aktivlarni olib yuradi.
Ilgari USS Tripoli Yaqin Sharqqa joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.