Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

30ga yaqin snaryad: Livan Isroilning shimolini o‘qqa tutdi

30ga yaqin snaryad: Livan Isroilning shimolini o‘qqa tutdi

Livan Isroilning shimoliy hududlarini o‘qqa tutdi. Natijada ikki nafar isroillik yaralangan. Bu haqda Isroil armiyasining Telegram kanali xabar berdi.

Hammasi bo‘lib Isroilga o‘ttizga yaqin snaryad otilgan. Ulardan ba’zilarini raketaga qarshi mudofaa tizimlari ushlab qoldi. Ammo ba’zi snaryadlar Isroil hududida portladi.

Chegaradagi Kfar Yuval aholi punkti hududida hududiy o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmasi a’zosi bo‘lgan Isroil mudofaa kuchlari rezervchisi o‘rtacha darajada yaralangan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, mahalliy aholidan biri jiddiy jarohat olgan. U ham kasalxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 02:30 02.09.2024. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!