Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

300 dollarga "prava" olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

300 dollarga "prava" olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “A.V.” NTM sho‘’ba korxonasi rahbari M.A. fuqaro M.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:06 26.05.2023. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!