Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

3 nafar shaxmatchimiz «FIDE Circuit-2024» reytingida

A A A
3 nafar shaxmatchimiz «FIDE Circuit-2024» reytingida

Xalqaro shaxmat federasiyasining «FIDE Circuit-2024» reytingining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda poyoniga yetgan "UzChess Cup-2024" turniridan so‘ng ushbu reytingda uch nafar shaxmatchimizning nomi qayd etildi. Ular orasida 19.28 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov «FIDE Circuit- 2024» reytingining yetakchilari safidan joy oldi.

Shuningdek, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevning ushbu reytingda nomi qayd etildi.

Aytish lozim, 2024 yil yakuniga ko‘ra, «FIDE Circuit-2024» reytingi yetakchisi navbatdagi «Da’vogarlar turniri»da qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 13:28 16.06.2024. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!