Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

27-28 may kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan poyezdlarning 1 ta reysi to‘xtatiladi

27-28 may kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan poyezdlarning 1 ta reysi to‘xtatiladi

“Toshkent MTU” UKga qarashli “Aqcha-Obliq” temir yo‘l stansiyalari oralig‘i 101-kilometr 9-piketidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, joriy yil 27, 28 may kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlarning 1 ta reysi bekor qilinadi.

Xususan,

2022 yil 27 may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi 64/63-sonli;

28 may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlarining;

Shuningdek, 28 may kuni 6408-sonli “Toshkent-Angren” hamda 29 may kuni 6409-sonli “Angren- Toshkent” shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, 27 may kuni “Buxoro-Andijon” yo‘nalishida harakatlanadigan 391 sonli yo‘lovchi poyezdi “Buxoro -Toshkent”, 28 may kuni esa “Andijon -Termez” yo‘nalishida qatnovchi 397-sonli yo‘lovchi poyezdi, “Toshkent-Termez” yo‘nalishida amaldagi jadval bo‘yicha harakatini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Kiritildi: 15:51 23.05.2022. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!