Poytaxtning 1055 qisqa raqamli markaziy dispecherlik xizmati telegram kanaliga yunusobodliklar tomonidan tuni bilan tinimsiz murojaatlar kelib tushgan. Bu hozir ham davom etmoqda.
Operator tomondan murojaatlarga quyidagi javob yo‘llanmoqda: "Po vashemu adresu rabotayet RES skoro vklyuchat".
Hududda ro‘y bergan elektr energiyasidagi uzilish sovuq suv ta’minotida ham muammolarni vujudga keltirgan.