24 mart kuni Ukraina delegasiyasi Saudiya Arabistonida AQSh vakillari bilan uchrashadi, shundan so‘ng amerikaliklar rossiyaliklar bilan muzokaralar o‘tkazadi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining bayonotida.
◾️ Sulh energetika ob’ektlarini, shuningdek, boshqa turdagi fuqarolik infratuzilmasini ham o‘z ichiga oladi. Biz fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlari ro‘yxatini tayyorlaymiz;
◾️ Ukrainadagi barcha atom elektr stansiyalari ukrain xalqiga tegishli. Agar amerikaliklar ularni rossiyaliklardan olib, modernizasiya qilishni rejalashtirsa, bu masalani muhokama qilishimiz mumkin. Ammo AESlarimizni boshqalarning egaligiga o‘tkazish haqida muhokamalar ketmayapti;
◾️ Sanksiyalar Rossiya o‘z qo‘shinlarini bizning yurtimizdan batamom olib chiqmaguncha va tajovuzi tufayli yetkazilgan zararni qoplamaguncha kuchda qolishi kerak;
◾️ Biz Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishi ko‘plab muammolarni hal qiladi deb hisoblaymiz. Afsuski, bugungi kunda NATO'ning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan AQSh Ukrainani alyansga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamaydi;
◾️ Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilishiga qarshilik qilmoqda. Agar birgina shaxs butun qit’a uchun muhim bo‘lgan yoki allaqachon kelishilgan qarorlarni bloklasa, bu butunlay antiyevropacha harakat hisoblanadi.