Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzgan MCHJ rahbariga ish ochildi

23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzgan MCHJ rahbariga ish ochildi

Yashnobod tumanidagi uy-joy bilan bog‘liq firibgarlik sodir qilinganligi haqidagi maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, "Z.G." MCHJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzib, fuqarolarning jami 4 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi.

Kiritildi: 16:59 18.09.2023. O'qildi: 1174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!