Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

220 mln. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

A A A
220 mln. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Bugungi kunda byudjetga soliq undiruvlari bo‘yicha sud qarorlari asosida mablag‘lar undirilib kelinmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosinig Karmana tuman bo‘limi ish yurituvidagi tuman DSIning qaroriga asosan qarzdorlar “Yazdonbaxsh” MCHJdan 54 mln. 341 ming, “Maxfirat bibi” KKdan 26 mln. 603 ming, “Navoiy agro stroy servis” MCHJdan 45 mln. 421 ming, “Dil-Dildora” XKdan 17 mln. 669 ming, “Shaxriyor agroyexport” MCHJdan 46 mln. 35 ming, shuningdek, Karmana tuman iqtisodiy sudining qaroriga asosan “Navoiy agro servis” MTPdan 30 mln. 309 ming so‘mlik soliq qarzlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu ijro hujjatlari yuzasidan davlat soliq organlari foydasiga jami 220 mln. 378 ming so‘mlik soliq qarzi 28.04.2020 yilda undirib berildi.

Bunday nazorat tadbirlari karantinli davrda ham byuroning viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Kiritildi: 20:22 29.04.2020. O'qildi: 2963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!