Hatto, bu iyulning qoq o‘rtasi uchun salqinroq havo hamdir. O‘zgidromet 21 iyulga qadar respublikaning faqat cho‘l va janubiy viloyatlaridagina havo harorati maksimumlari +40 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilgan.
Kelayotgan 4 kunlikda esa boshqa viloyatlarda kunduz kunlari havo xarorati maksimumlari +32°S +37°S issiq bo‘lishi prognoz qilingan.
Bu kabi ob—havo muhiti yoz saratonida kunning ikkinchi yarmi va tunda ko‘plab tog‘ va tog‘ etaklarida lokal xususiyatli vertikal rivojlanuvchi bulutlarni faollashtirib, chaqmoq—momaqaldiroq, sel kelish xavflarini oshiradi.