Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

2090 yilgacha Toshkent va Ostonada jazirama issiq sabab 23 ming kishi halok bo‘lishi mumkin

2090 yilgacha Toshkent va Ostonada jazirama issiq sabab 23 ming kishi halok bo‘lishi mumkin

Jahon bankining so‘nggi tahliliga ko‘ra, Toshkent shahrida yuqori haroratlar inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkentda issiq ob-havo sabab har yili 100 ming kishidan taxminan 19–21 nafari vafot etadi.

Aytilishicha, agar iqlimga moslashish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmasa, 2090 yilga borib Toshkent va Ostona shaharlarida issiqlik oqibatida yuzaga keladigan yillik o‘lim holatlari soni 10 mingdan 23 ming nafargacha yetishi mumkin.

Bundan tashqari, 2023 yildagi qattiq issiqlar O‘zbekistonda 22 mingdan ziyod ish o‘rnining yo‘qolishiga olib kelgani qayd etilgan.

Mazkur tahlilda Jahon banki shaharlar rivojlanish rejalarida iqlim o‘zgarishi va ob-havo injiqliklarini hisobga olish muhimligini ta’kidlagan. (http://bit.ly/3GExZwq)

Shu munosabat bilan quyidagi choralar taklif etilgan:

🔹 Shaharlarda yashil hududlar (daraxtlar) sonini oshirish;
🔹 Binolarni passiv sovutish uchun modernizasiya qilish;
🔹 Issiqlik to‘lqinlari haqida aholini oldindan ogohlantiruvchi tizimlarni ishga tushirish;
🔹 Sog‘liqni saqlash infratuzilmasini kuchaytirish.

Kiritildi: 12:30 17.07.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!