NATO mamlakatlari mudofaa xarajatlarini YAIMning 3,5 foizi darajasiga 2035 yilgacha emas, balki 2030 yilgacha yetkazishlari zarur.
Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".
"Menimcha, biz kelishib olgan 3,5 foizlik ko‘rsatkich, afsuski, 2035 yilgacha belgilangan va bu juda kech. Mening fikrimcha, 3,5 foizga 2030 yildan kechiktirmay erishish kerak. Va ehtimol, bu ham yetarli bo‘lmas", — dedi u.