Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

2033-yilga borganda agrodronlar bozori 4 barobar kengayadi

A A A
2033-yilga borganda agrodronlar bozori  4 barobar kengayadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribani tahlil qildi.

Agrodronlarning dunyo bozori o‘sishda davom etmoqda. GlobalData ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-2021 yillar oralig‘ida qishloq xo‘jaligi dronlari bilan bog‘liq patentlar soni 14 baravar oshgan. 2022-yil oxirida dronlar bozorining 11 foizi qishloq xo‘jaligining ulushiga to‘g‘ri keldi. FactMR tahlil agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2033-yilga borganda agrodronlar bozori 4 barobar kengayadi va 14 milliard dollarga yetadi.

Qishloq xo‘jaligida agrodronlardan foydalanishning asosiy afzalliklari:
➖ dalalar kuzatib boriladi va o‘rganib chiqiladi;
➖ dalalarga ishlov beriladi;
➖ ekin ekiladi;
➖ hosil miqdori aniqlanadi;
➖ hosildorlikni oshirish foydalaniladi.

Tahlil jarayonida ba’zi mamlakatlarning qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha tajribasi ko‘rib chiqildi.

Yaponiyada qariyb 5 million gektar ekin maydonlari mavjud. Bugungi kunda ushbu yerlarning 20 foizdan ortig‘ida zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashda dronlardan foydalaniladi. Mamlakatda dronlardan xavfsiz foydalanish uchun operatorlarga lisenziya berishning maxsus qoida va tizimi amal qiladi, ya’ni yagona tartib-qoida o‘rnatilgan. Bu fermerlarga o‘z fermasida ushbu texnologiyadan bemalol foydalanish imkonini beradi. Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligining hisobotiga ko‘ra, 2023-yil oxirida mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi dronlari bozori hajmi 13,6 milliard iyenaga (taxminan 125 million AQSh dollari) yetadi.

Polsha qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dronlardan foydalanish tarmoq hosildorligining 5 foizgacha o‘sishiga va har yili iqtisodiy qiymatining 2,5 milliard yevroga qo‘shimcha ortishiga olib kelishi mumkin. 2015-yilda Polsha Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi (CAA) dron operatorlari uchun birinchi qoidalar to‘plamini joriy etdi. Ushbu qoidalar dronlardan foydalanish uchun minimal talablarni, shu jumladan operatorlarga har qanday tijorat dron parvozlari uchun CAA ruxsatini olish uchun talablarini belgilaydi. Keyinchalik CAA ushbu qoidalarni 2017- va 2021-yillarda yangiladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish sohada hosildorlikni oshirish, hosil sifatini yaxshlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, shuningdek, yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Kiritildi: 16:42 25.07.2023. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!