Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

O‘zbekistonda pensiya va g‘aznachilik xizmatlari raqamlashtirilayotgani bois quyi bo‘g‘inlardagi tashkilotlar faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan boshlab G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tugatiladi, ular o‘rnida 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi.

Shuningdek, farmonda ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda mazkur ikki tashkilotning shtat birliklari 1 940 taga (45 foizga) qisqartirilgan. Kelgusi yilda esa xodimlar sonini yana to‘rt barobargacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Farmonga asosan, 2026 yil 1 iyuldan mamlakatda “Raqamli g‘azna” tizimi joriy etiladi. U orqali:

  • ma’lumotlar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi,
  • qisqa va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqiladi,
  • inson omilining ta’siri kamaytiradi.

Shuningdek, chet el valyutasidagi operasiyalar SWIFT tizimiga ulangan holda amalga oshiriladi. Davlat xaridlari va moliyaviy operasiyalardagi xavflar “E-risk” dasturi yordamida aniqlanib, avtomatik ogohlantirish va xabardor qilish mexanizmlari ishlaydi.

Pensiya tizimida esa 2026 yil 1 dekabrdan fuqarolarning ish staji va maoshi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar asosida pensiya miqdorini oldindan ko‘rish imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati ishga tushiriladi. Barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv shaklga o‘tkaziladi:

  • fuqarolarning ish staji va ish haqi haqidagi elektron ma’lumotlarga asoslangan pensiya miqdorini dastlabki hisoblash imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
  • barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv formatlarga o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 oktyabrgacha pensiya to‘lovlaridan ushlab qolishlar amalga oshirilishidan avval fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

Kiritildi: 17:25 19.07.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!