Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

2027 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi ishga tushadi

2027 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi ishga tushadi

“Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2027 yilda yangi temir yo‘lning ishga tushirilishi ikki tomonlama yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi temir yo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariog‘ash-Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish, Sariog‘ash stansiyasini yengillashtirish va eksport jo‘natmalarini oshirish imkonini yaratadi.

“Mazkur rejani tatbiq qilish maqsadida “Samrұq-Qazina” fondining “Qazaqstan temіr joli” portfel kompaniyasi tomonidan qiymati 286 milliard tenge ($1 – 523,95 tenge) bo‘lgan investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda”, – deb yozadi Agentlik QTJ matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib. Bugungi kunga qadar 203 kilometrlik temir yo‘lning 100 kilometrga yaqin qismi yig‘ilib, loyihani amalga oshirish uchun 46 birlik yo‘l qurilish texnikasi va 70 dan ortiq kishi jalb qilingan.

Kiritildi: 10:42 05.01.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!