Prezident farmoni bilan bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha muhim o‘zgarishlar belgilandi.
🔹 2026 yil 1 martdan:
➖ dastlabki deklarasiyalash orqali “erkin muomalaga chiqarish” rejimida bojxona yig‘imi 20%ga kamaytiriladi;
➖ bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashda 14 kungacha foiz hisoblanmaydi.
🔹 2026 yil 1 maydan:
➖ davriy deklarasiyalashda bojxona to‘lovlarini har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, xavf aniqlanmagan hollarda deklarasiyalarni avtomatik rasmiylashtirish amaliyoti kengaytiriladi.