2025 yilda O‘zbekiston $43 mlrd.lik investisiya o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Ushbu mablag‘ hisobiga 300 dan ortiq yirik loyiha amalga oshirilishi va 662 turdagi import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2030 yilgacha eksport hajmini $45 mlrd.ga yetkazish rejasi bor. Buning uchun yuqori qiymatli mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport geografiyasini kengaytirish belgilangan.