Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

2025 yilda "Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi" ustuvor vazifa etib belgilandi

2025 yilda "Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi" ustuvor vazifa etib belgilandi

AOKAda IIV JXD HPX rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu boradagi Prezident qarori yuzasidan batafsil tushuntirish berildi:

📌2025 yil 1 apreldan Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida:

⚫️migrasion profilaktika bo‘linmalari tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari tashkil etiladi;

⚫️ kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda ma’muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

⚫️ profilaktika kichik inspektori lavozimi joriy etiladi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida respublika dasturi ishlab chiqildi;

⚫️viloyat, tuman va mahalla kesimida har chorakda manzilli chora-tadbirlar "Yo‘l xaritalari";

⚫️ularning ijrosini rejalashtiruvchi yillik maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.

Biriktirilgan mas’ul rahbarlarning kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda erishgan natijalari, ularning faoliyatini baholashda inobatga olinib, har oyda – Ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida - Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda – Bosh vazir huzurida tegishli respublika rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida O‘zbekiston Prezidentiga axborot berib boriladi hamda rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralari belgilanadi.

Kiritildi: 14:26 14.03.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!