Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

2024 yilning III choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari ma’lum qilindi

2024 yilning III choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari ma’lum qilindi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari 2024-yilning avgust-sentyabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

AVGUST:
2024-yil 23-avgust

SENTYABR:
📆 2024-yil 5-sentyabr
📆 2024-yil 19-sentyabr


DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin e’lon qilinadi.

Kiritildi: 11:27 25.06.2024. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!