2024 yilda bir million migrant Rossiyani tark etgan. Bu haqida Rossiyaning «Migrant-Servis» platformasi direktori, ishga qabul qilish bo‘yicha ekspert Andrey Kladov ma’lum qildi.
Chet ellik ishchilarning ketayotgani kundek ravshan. Yanvar-sentyabr oylarida bir millionga yaqin odam mamlakatni tark etdi, dedi Kladov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari chiqib ketgan.
Kladov so‘zlariga ko‘ra, hozir har bir migrantga 10 ta bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri keladi, biroq ish haqining oshishi ham xorijliklarni to‘xtata olmayapti. 2024 yil boshida xorijliklar ishlab chiqarishda o‘rtacha 105 ming rubl, yozda esa 150 ming rubl daromad olgan. Ayniqsa, quruvchilar va kuriyerlar uchun ish haqi oshgan.