Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

2024 yilda qancha kiberjinoyat sodir etilgan?

2024 yilda qancha kiberjinoyat sodir etilgan?

Joriy yilning 7 oyi davomida 577 mingta axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 437 mingtasi firibgarlik va o‘g‘irlik bilan bog‘liq. Bu haqda RF IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Daniil Filippov Sharqiy iqtisodiy forum (VEF) doirasidagi “Raqamli xavfsizlik va biznes mas’uliyati” sessiyasida ma’lum qildi.

Filippov, shuningdek, 2024 yilda bunday jinoyatlardan ko‘rilgan zarar allaqachon 99 milliard rublga yetganini aytdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili "IT" texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlardan ko‘rilgan zarar 156 milliard rublni tashkil qilgan.

Kiritildi: 15:50 05.09.2024. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!