Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

2024 yilda kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlari orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi

A A A
2024 yilda kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlari orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi

📝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 199-son Farmoni qabul qilindi ( 2023 yil 23 noyabr).

📌 Farmonga ko‘ra, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda:
– Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi (250 million so‘mdan oshmagan) «yashil bog‘lar» va «yashil jamoat parklari»ni tashkil qilish uchun «Ochiq budjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan «Mening bog‘im» loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

🏡 Shuningdek, har yili «Eng yashil mahalla» tanlovi o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
✅ mahallaning tegishli jamg‘armasiga daraxtlar ekish va sug‘orish, «yashil jamoat parki»ni yaratishga jami 500 million so‘mdan o‘tkazib beriladi;
✅ o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun
1 donadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘riladi.

✅2024 yilda o‘rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

🌳Qolaversa, 2024–2026 yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda «yashil belbog‘»lar barpo etiladi.

Kiritildi: 12:21 24.11.2023. O'qildi: 1574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!