Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

2024 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori ma’lum qilindi

A A A
2024 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlari qabul qilindi, unga ko‘ra:

ZAKOT
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) so‘m etib belgilandi.

Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

FITR

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

bug‘doydan – 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) so‘m;
mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.

FIDYa

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Kiritildi: 08:47 08.03.2024. O'qildi: 4901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!