Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

2024-2025-o‘quv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi

A A A
2024-2025-o‘quv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi

2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–200-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Kiritildi: 15:32 10.11.2023. O'qildi: 3031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!