2023 yilda mahalla idoralarining 1733 nafar xodimiga 6 milliard 107 million so‘mlik moddiy yordam pullari to‘lab berildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Mahalla" xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Hasan Salomov ma’lum qildi.
✅Shuningdek, Fond tomonidan 15 ming nafarga yaqin fuqaroga 6 milliard so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.
✅1885 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga 1 milliard 82 million so‘mlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 yarim mingga yaqin yurtdoshlarimizga esa 2 milliard so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ajratildi.
✅1287 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga esa qariyb 1,5 milliard so‘mlik nogironlik aravachalari, ortopedik mahsulotlar va eshitish moslamalari olib berildi.
✅O‘tgan yilda fond mablag‘lari hisobidan 466 mahalla idorasiga mebel va kompyuter jihozlari olib berildi. Buning uchun 2 milliard 500 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratildi.