2023/2024 o‘quv yilidan Yangi O‘zbekiston universitetida qator yangi o‘quv yo‘nalishlari tashkil qilinmoqda.
Jumladan:
⏺Pedagogika;
⏺Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
⏺Amaliy matematika;
⏺Sun’iy intellekt va robotexnika;
⏺Kiberxavfsizlik;
⏺Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlari yangi tashkil qilindi.
Yangi O‘zbekiston universitetida 10 nafar professor-o‘qituvchi Germaniya, AQSH, Koreya, Rossiya davlatlaridan jalb qilingan.
87 ta mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilot bilan amaliyot o‘tash uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, universitetda Google kompaniyasi bilan hamkorlikda IT loyihalar ham tashkil etilgan.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Yangi O‘zbekiston universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi: