Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

2022 yilda qancha rossiyalik O‘zbekistonda soliq rezidenti bo‘lgani aytildi

A A A
2022 yilda qancha rossiyalik O‘zbekistonda soliq rezidenti bo‘lgani aytildi

2022 yilda O‘zbekistonda soliq rezidenti maqomini olgan rossiyaliklar soni o‘tgan davrga nisbatan 32 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi TASS agentligiga ma’lum qildi.

«2022 yilda Rossiya Federasiyasining 1199 nafar fuqarosi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomini oldi, ulardan 1108 tasi yuridik (92 foiz), 91 nafari jismoniy shaxs (8 foiz). 2021 yilga nisbatan (802 ta yuridik, 108 nafar jismoniy shaxs) bu 32 foizga (289 ta) ko‘pdir», deyiladi xabarda.

Rezident maqomi bir yilga beriladi. Uni olish uchun soliq qo‘mitasiga ariza topshirish, shuningdek, O‘zbekiston hududida yiliga kamida 183 kun yoki shu muddatga boshqa har qanday davlatga qaraganda ko‘proq istiqomat qilish kerak.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 813 nafar Rossiya fuqarosi ko‘chib kelgan, bu respublikaga ko‘chib kelgan xorijliklar umumiy sonining 35 foizini tashkil etadi.

2022 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yanvar-sentyabr oylarida mamlakatga jami 318 156 nafar rossiyalik kelgani, shulardan 210 902 nafari erkaklar va 107 254 nafari ayollar bo‘lganini ma’lum qildi. Rossiyaliklarning O‘zbekistonga eng katta oqimi iyul-sentyabr oylarida qayd etilgan - 189 175 kishi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni davrda 18 nafar rossiyalik O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

Kiritildi: 11:28 05.04.2023. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!