“Variety” gazetasi 2020 yilda chiqqan eng yaxshi dahshatli filmlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Hammasi bo‘lib reytingga 18 ta film kiritilgan.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni "Qo‘shni uydagi do‘zax" filmi egallagan. Kuchli uchlikdan "Mening sochlarim o‘ldirmoqchi" va "Qon tozaligi" o‘rin olgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatda "Qor odami", "Suv osti" hamda "Kim yashirinmagan bo‘lsa..." kabi kartinalar qayd etilgan.