Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

2020 yilda MDH O‘zbekiston raisligiga o‘tadi

A A A
2020 yilda MDH O‘zbekiston raisligiga o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Kiritildi: 16:59 21.12.2019. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!