Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2020 yil 10 aprelda ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o‘tkaziladi

2020 yil 10 aprelda ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o‘tkaziladi

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi 2020 yil 10 aprelda ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotini o‘tkazadi.  

Kinotaqdimotda 2019 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha premyerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli, badiiy, hujjatli, animasion filmlari qatnashishlari mumkin. Arizalar joriy yil 25 yanvardan 20 fevralga qadar qabul qilinadi. Arizalar faqat yuridik shaxslar (Kinostudiya) tomonidan taqdim etiladi. 

Ma’lumot uchun, "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotida ishtirokchilar 17 nominasiya bo‘yicha taqdirlanadilar.

G‘oliblik nominasiyalari: 
O‘zbek kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun» «Oltin Humo» maxsus mukofoti; 
ENG YAXSHI HUJJATLI FILM; 
ENG YAXSHI ANIMASION FILM; 
ENG YAXSHI KOMPYUTER GRAFIKASI; 
ENG YAXSHI OVOZ REJISSYORI; 
ENG YAXSHI GRIMM RASSOMI; 
ENG YAXSHI MONTAJ ISHI; 
ENG YAXSHI LIBOS BO‘YICHA RASSOM ISHI; 
ENG YAXSHI RASSOM ISHI; 
ENG YAXSHI KINO BASTAKORI; 
ENG YAXSHI SSENARIY; 
ENG YAXSHI OPERATORLIK ISHI; 
ENG YAXSHI REJISSYORLIK ISHI; 
ENG YAXSHI AYOL ROLI; 
ENG YAXSHI ERKAK ROLI; 
TOMOSHABIN MEHRINI QOZONGAN FILM; 
YILNING ENG YAXSHI FILMI.

Kiritildi: 17:29 23.01.2020. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!