Transfermarkt portali 2019 yilda eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan o‘nta futbol uchrashuvini ma’lum qildi.
Birinchi o‘rinni Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/19 yilgi mavsumi ilk yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona» — «Liverpul» uchrashuvi qo‘lga kiritdi. «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinga 98 299 tomoshabin tashrif buyurgandi.
Janubiy Afrika Respublikasida o‘tgan «Kayzer Chifs» — «Orlando Payres» uchrashuvi esa 88 ming muxlis bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni «Manchester Siti» va «Uotford» o‘rtasidagi (85 854) Angliya Kubogi finali yakunlab bergan.
«Barselona» — «Liverpul» («Kamp Nou», Barselona, 1 may) — 98 299 tomoshabin
«Kayzer Chifs» — «Orlando Payres» («Sokker Siti», Yohannesburg, 9 noyabr) — 88 000
«Manchester Siti» — «Uotford» («Uembli», London, 18 may) — 85 854
«Borussiya Dortmund» ishtirokidagi bir nechta o‘yin («Signal Iduna Park», Dortmund) — 81 365
«Real» — «Barselona» («Santyago Bernabeu», Madrid, 27 fevral) — 80 472
«Persepolis» ishtirokidagi bir nechta o‘yin («Ozodi», Tehron) — 80 000
Fransiya — Albaniya ( «Stad de Frans», Sen-Deni, 7 sentyabr) — 78 000
«Milan» — «Inter» («San-Siro», Milan, 17 mart) — 77 749
«Bavariya» ishtirokidagi bir nechta o‘yin («Alyans Arena», Myunxen) — 75 000
«Herta» — «Borussiya» D («Olimpiya stadioni», Berlin, 16 mart) — 74 667.