Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda internet narxi pasaytiriladi

A A A
2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda internet narxi pasaytiriladi

2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda internet-kanal narxlarini pasaytirish va mavjud sig‘imlarni operativ oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbektelekom» AK bosh direktori Farhod Ro‘ziyev GroundZero coworking markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish vaqtida gapirib o‘tdi. 

Kompaniya matbuot xizmati bergan xabarda aytilishicha, bundan tashqari kanallarni ijaraga berish tariflarini pasaytirish bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqiladi. 

Shu bilan birga, kelgusida operatorlar va provayderlar uchun keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha franchayzing sheriklik modeli taklif etiladi.

Farhod Ro‘ziyevning aytishicha, tariflar qayta ko‘rib chiqiladi va «O‘zbektelekom» AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqiladi. Keng polosali internet-portlarni ijaraga berish siyosati ham to‘liq qayta ko‘riladi.

Ma’lum qilinishicha, «O‘zbektelekom» AK B2O segmenti strategiyasini muhokama qilish maqsadida kompaniyaning top-menejerlari va mamlakatning telekommunikasiya xizmatlari provayderlari «Hamkorlikning yangi formati» mavzusidagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar asosan hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, Internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish masalalari bo‘ldi.

Xs.uz

Kiritildi: 12:54 10.07.2018. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!