Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan bir voqea ko‘pchilikka saboq bo‘lsa, ajab emas. Gap "Malibu" avtomobiliga 200 raqamini katta pulga qadab olgan, ammo bank kreditini to‘lashdan qochib yurganElyorjon haqida ketmoqda.
Haqiqatan ham, ko‘chada "200" raqami qadab olingan "Malibu"ni ko‘rib, kimningdir havasi kelishi tabiiy. Ammo bu raqam ortida qanday qarzdorlik yashiringanini kim biladi deysiz? Elyorjon mashinasiga chiroyli raqam olish uchun pul topgan bo‘lsa-da, bankdan olgan kreditini to‘lashga kelganda "puli yo‘q"ligini bahona qilgan.
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan Elyorjonning qarzdorligi undirilishi uchun choralar ko‘rildi. Uning zimmasida Kapital bank foydasiga 336 550 000 so‘m kredit qarzdorligi, 13 462 008 so‘m davlat boji va 1 875 000 so‘m davo ta’minoti mavjud edi.
Natijada, qarzdorning avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi va mashina Farg‘ona shahrida aniqlanib, jarima maydonchasiga olib kirildi.
Tashqi ko‘rinishga aldanib qolmaslik kerak. Chiroyli raqamli mashina minib yurishdan avval, moliyaviy majburiyatlarni bajarish, qarzlarni to‘lash muhimroq.
"200" raqamining o‘ziga xos ma’nosi bo‘lishi mumkin, ammo har qanday chiroyli raqamdan ham vaqtida to‘langan qarz chiroyliroq ko‘rinadi. Raqam olguncha, avval qarzni to‘lash kerak.