Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

20 yanvar kuni Toshkentning ikkita tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

A A A
20 yanvar kuni Toshkentning ikkita tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Yashnobod va Chilonzor tumanlarida 20 yanvar kuni elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi. Quyidagi hududlarda “svet” o‘chiriladi:

  • Yashnobod tumani: “Jarqo‘rg‘on”, “Muxtor Ashrafiy”, “Yangi davr” hamda “Bunyodkor” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 13:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Do‘mbirobod”, “Bog‘zor”, “Botirma” hamda “Tirsakobod” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Kiritildi: 23:09 19.01.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!