Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

20 sotix yer narxi 80 million so‘m!

20 sotix yer narxi 80 million so‘m!

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.A. fuqaro G.M.ga Zarbdor tumani, “Lalmikor” MFY hududidan o‘zining yashash uyining to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 20 sotix zaxiradagi yer maydonini 80 mln so‘mga sotishini aytib, oldindan 10 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:56 22.11.2022. O'qildi: 2725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!