Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

20-sanksiyalar paketi: unga Belarus ham kiritiladi

20-sanksiyalar paketi: unga Belarus ham kiritiladi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda, unga Belarus ham kiritiladi.

Bu masalani Litva moliya vaziri Kristupas Vaytekunas va Yevropaning moliyaviy xizmatlar va jamg‘arma-investisiya ittifoqi bo‘yicha komissari Mariya Luish Albukerke muhokama qildi, deb xabar berdi Litva vazirligi matbuot xizmati.

"Shuningdek, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashayotgan uchinchi davlatlarga qarshi choralar ham ishlab chiqilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Albukerke.

Vaytekunasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi "muntazam gibrid hujumlar"ni hisobga olgan holda nafaqat Rossiyaga, balki Belarusga ham bosim o‘tkazishda davom etishi kerak. "Oktyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqi darajasida navbatdagi, 19-sanksiyalar paketi kelishib olinganidan mamnunmiz, biroq, xususan, Rossiya energetika va moliya sektoriga bosimni yanada kuchaytirish zarur. Shuning uchun biz navbatdagi sanksiyalar paketini jiddiy muhokama qilishni boshlashimiz kerak," - dedi Litva vaziri.

Kiritildi: 22:03 08.11.2025. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!