Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"1xBet"ga berilgan shaxs jinoyat sodir etdi

"1xBet"ga berilgan shaxs jinoyat sodir etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro T.N., tuman IIBga murojaat qilib, arizasida telegram messenjeridagi "Nukus OLX bazar" nomli guruhda o‘zini "Dilshodbek" deb tanishtirgan foydalanuvchi unga onlayn kredit rasmiylashtirib berishini aytib, ishonchiga kirganligi va haqiqatdan ham 9.500.000 so‘m miqdorda kredit rasmiylashtirib, bank kartasiga mobil ilova orqali olganligi, ammo ushbu pullarni biroz vaqtdan so‘ng noma’lum tarzda yechib olinganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi "1xbet", "Linebet" va "Mostbet" kabi ta’qiqlangan onlayn tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar hisob raqamlarini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi, oliy o‘quv yurti 1 bosqich talabasi, 1998 y.t., J.T. ekanligi aniqlangan.

J.T.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:47 06.12.2022. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!