Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘adi. Kechqurun va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, Xorazm viloyatida 6-11, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
17 fevral kuni respublikamizning ayrim tumanlarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi joylarida sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin.
17-22 fevral kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin.