Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

17 avgust kuni O‘zbekistonda Qur’on xatm qilinadi. Unga barcha o‘z hissasini qo‘shishi mumkin

17 avgust kuni O‘zbekistonda Qur’on xatm qilinadi. Unga barcha o‘z hissasini qo‘shishi mumkin

Avval xabar qilinganidek, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2071 ta jome masjid o‘z eshiklarini yana ochmoqda. O‘zbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, 17 avgust kuni Qur’on xatm qilinadi. 

"Imom-domlalar barobarida muxlis xalqimiz tomonidan o‘qilgan yoki o‘qilayotgan Qur’on xatmonalari bo‘lsa, 17 avgust kuni bomdod namozigacha taqdim etilsa, eng xushovoz qorilar xatm yakunini o‘qib, muftiy hazratlari tomonidan duolar qilinadi, inshaalloh.  

Shunday ekan 17 avgust kuni bomdod namoziga qadar ado etiladigan Qur’oni karim xatmlari sanog‘ini 94-159-59-84 telefon raqamiga SMS xabari orqali ma’lum qilishni tavsiya etamiz", -deyiladi rasmiy xabarda.

Kiritildi: 15:15 15.08.2020. O'qildi: 5185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!