Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

A A A
16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra:

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abituriyentga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).
 

Kiritildi: 15:03 23.06.2020. O'qildi: 2916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!