Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

16 iyun: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

A A A
16 iyun: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

Bugun 16 iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


BMT – Xalqaro oilaviy pul o‘tkazmalari kuni.
Xalqaro Afrika bolalari kuni.
🌏 Butunjahon dengiz toshbaqasi kuni.
🌍 Xalqaro sharshara kuni.
JAR – Yoshlar kuni.


🔸Kembrij universitetida – eksperimental fizika, biologiya va boshqa fundamental tadqiqotlar uchun dunyo markazlaridan biri bo‘lgan Kavendish fizika laboratoriyasi ochildi (1874).
🔸Per de Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada o‘yinlarini tiklash masalasida kongress ish boshladi (1894).
🔸The Ford Motor Company tashkil topdi (1903).
🔸AQShda “Pepsi-Cola” savdo markasi ro‘yxatdan o‘tdi (1903).
🔸“Artek” bolalar oromgohi ish boshladi (1925).
🔸Dunyodagi birinchi fazogir ayol Valentena Tereshkova kosmosga parvoz qildi (1963).
🔸Nyu-Yorkda jaz muzeyi ochildi (1972).
🔸Somalida talabalar mamlakat ko‘chmanchilariga o‘qish va yozishni o‘rgatishlari uchun universitetlar bir yilga yopilishi e’lon qilindi (1974).
🔸“Shenchjou-9” kosmik kemasi ekipaji tarkibida birinchi xitoy ayol-taykonavti kosmosga uchdi (2012).


🔹1313-yil: Jovanni Bokachcho (1375) – italyan yozuvchisi va shoiri.
🔹1896-yil: Jan Pejo (1966) – fransuz avtosanoatchisi, “Pejo” avtokompaniyasi asoschilaridan biri.
🔹1937-yil: Margarita Filanovich – sovet va o‘zbek tarixchisi, arxeolog, Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi rahbari.
🔹1949-yil: Kaju – braziliyalik futbolchi, 1970-yilgi jahon chempioni.
🔹1951-yil: Roberto Duran – panamalik boksyor, to‘rtta vazn toifasida jahon chempioni.
🔹1957-yil: Aleksandra Marinina – rus yozuvchisi, detektiv janri asarlari muallifi.
🔹1964-yil: Robin Sharma – ingliz yozuvchisi, motivator va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassis.
🔹1966-yil: Yan Jelezniy – polshalik nayza uloqtiruvchi, uch karradan olimpiada va jahon chempioni.
🔹1990-yil: Yigitali Mamajonov – o‘zbek aktyori.
🔹1991-yil: Fazliddin G‘oibnazarov – o‘zbekistonlik professional bokschi.
🔹2000-yil: Biansa Andreesku – kanadalik professional tennischi.

Kiritildi: 13:40 16.06.2024. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!