Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

16 000 dollarga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
16 000 dollarga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro SH.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:05 27.09.2023. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!